Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevga davlat idoralarining aholi bilan kommunikatsiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini ham takomillashtirish, Xalq qabulxonalarining imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, jamoatchilik fikrini chuqurroq o‘rganish va qarorlar qabul qilishda uni inobatga olish tobora dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani ta’kidlandi.
Aholining kayfiyati, ehtiyoji va orzu-intilishlarini aniq va to‘liq o‘rganishda zamonaviy, professional sotsiologiya va tahliliy usullardan foydalanish zarurligi, bu islohotlar naqadar samarali bo‘layotgani haqida xolis axborot olish va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturlarini to‘g‘ri ishlab chiqishning muhim omili ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Prezidentimiz xalq bilan muloqot madaniyatini izchil yuksaltirish, fuqarolarni eshitish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda qaror qabul qilish davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shartligini ta’kidladi.
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga nafaqat tezkor javob berish, balki ularni tizimli tahlil qilib, sotsiologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish orqali tegishli yechimlarni taklif qilish, umuman, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqot sifati hamda ishonchni mustahkamlash davlat va boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralarining asosiy vazifalaridan biri ekani yana bir bor ko‘rsatib o‘tildi.
Hokimiyat va aholi o‘rtasidagi doimiy muloqotning institutsional asoslarini mustahkamlab, yangicha yondashuvlarga asoslangan zamonaviy modelini shakllantirish, uni jamoatchilik fikrini o‘rganish tizimiga bog‘lash muhim ekani qayd etildi.
Mutasaddilarga xalq bilan muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109832
Jamiyat
94195
Jamiyat
90019
Jamiyat
73209
Jamiyat
//
Izoh yo‘q