Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga qarshi reydlar o‘tkazildi

Saqlash
14:00 / 03.12.2025 35 0

Toshkent shahrida avtobusda yo‘l haqini to‘lamagan 20 mingga yaqin yo‘lovchi jarimaga tortildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aytilishicha, 2025-yilning 11 oyi davomida 19 632 ta qoidabuzarlik holati aniqlanib, yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda BHMning 10 foizi — 41 200 so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

 

Poytaxt jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan reyd tadbirlari kuchaytirilgan. Endilikda Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga ham yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berildi.

 

Ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) hamda 145-moddasiga (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish) asosan rasmiylashtiriladi. Ya’ni yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va BHMning o‘ndan biri miqdorida — 41 200 so‘m jarima belgilanadi.

 

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtobuslarga nazorat kameralari o‘rnatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//