Jamiyat
Axborot texnologiyalari va turli sotuv usullari jadal rivojlangan paytda iste’molchilar turli aldov sxemalariga tez-tez uchrab, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rmoqda. Raqobat qo‘mitasi shunday aldovlardan biri haqda ogohlikka chaqirdi.
Aytilishicha, iste’molchilardan qo‘mitaga kelib tushayotgan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan axborotlarga ko‘ra, “savdo-dilerlik korxonasidanmiz”, deya o‘zini tanishtirgan shaxslar tomonidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, “Sizni tabriklaymiz, mahsulotimiz uchun katta miqdorda chegirma va bonusga ega bo‘ldingiz, agar bir kun ichida mahsulotni olib ketmasangiz, chegirmadan mahrum bo‘lasiz” kabi so‘zlar bilan odamlarni jalb qilayotgani va mahsulot xususiyatlari haqida bo‘rttirib ta’riflash orqali ularni sotishga erishayotgani, oxir oqibat esa bu mahsulot aytilganidek ijobiy ta’sirli emas yoki sifatsiz va albatta, qimmatga sotilgan bo‘lib chiqmoqda.
Bunday “jozibali” usullar aholiga turli taqdimotlar va targ‘ibot tadbirlari orqali taqdim etilyapti. Asosiy hiyla sifatida xarid yoki xizmatdan foydalanish uchun iste’molchilarga “yangi xaridorlar olib kelish” talabi qo‘yilmoqda, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan iste’molchilarga quyidagi ma’lumotlarni eslatib o‘tildi:
– har qanday mahsulot sotib olishda yoki biror xizmatdan foydalanishda sotuvchi va mahsulot (ish, xizmat) to‘g‘risida batafsil ma’lumot mavjudligini hamda ularning ishonchliligini tekshiring;
– taklif etilayotgan mahsulot (xizmat) haqiqatdan sizga zarurligiga va uni sotib olish moliyaviy holatingizga ta’sir qilmasligiga e’tibor qarating;
– davolovchi vositalarni sotib olish va iste’mol qilishdan avval albatta shifokor va mutaxassis bilan maslahatlashing;
– shaxsga doir ma’lumotlarni, shu jumladan pasport, ID-karta, plastik karta ma’lumotlarini, shaxsiy elektron raqamli imzo, telefon raqam va unga kelgan SMS kodni hech kimga, hatto yaqinlaringizga ham bermang;
– har qanday shartnomalarni imzolamang va shubhali bitimlarga qo‘shilmang;
– mobil telefoningizga kelgan shubhali va ishonchsiz havolaga kirmang;
– turli usuldagi aldov, firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qiluvchi harakatlardan ehtiyot bo‘ling – deyiladi qo‘mita xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109830
Jamiyat
94194
Jamiyat
90017
Jamiyat
73207
Jamiyat
//
Izoh yo‘q