O‘zbekistonda qurilish chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha yangi talablar yo‘lga qo‘yiladi

Saqlash
10:15 / 03.12.2025 25 0

2026-yil 1-fevraldan boshlab qurilishda xavfli deb topilgan materiallarni qayta ishlash yoki chiqindi poligonlariga topshirish majburiy bo‘ladi.

 

1-iyundan esa qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tartibi kuchaytiriladi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-fevraldan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

 

– buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilar qurilish obyekti va ishlab chiqarish korxonalarida xavfliligi aniqlangan, muomaladan chiqarishga majburiy ko‘rsatma berilgan qurilish materiallarini maxsus shartnoma doirasida qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarga yoki chiqindi poligonlariga yuborishga majbur bo‘ladi;

 

– Qurilish nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu majburiyatni bajarishni talab qilish yuzasidan beriladigan majburiy ko‘rsatmalar Ekologiya qo‘mitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi.

 

2026-yil 1-iyundan esa qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilishga yo‘naltirishning quyidagi tartibi amal qiladi:

 

– qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmi va ularni to‘plash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihaviy yechimlarni nazarda tutish majburiy bo‘ladi;

 

– qurilish chiqindilarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida buyurtmachi tomonidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq chang va yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//