Jamiyat
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratdi.
Unda aniq mahsulot ekish sharti bilan auksionga chiqarilgan 10 ming gektar yer bir yildan buyon sotilmayotgani qayd etildi. Shu bois, keyingi yildan boshlab ekin yerlarini ijaraga berishning yangi tizimi joriy qilinadi. Endi yerni ijaraga olgan dehqon unga nima ekishini o‘zi mustaqil hal qiladi. Shuningdek, auksionda takroriy savdoga qo‘yilgan yerlarning boshlang‘ich narxi 10 foizgacha pasaytiriladi.
Yer ijarasidan tushgan mablag‘lar to‘liq sanoatlashgan bog‘larga suv, elektr, yo‘l tarmoqlarini tortish kabi infratuzilma obyektlari uchun sarflanadi.
AQShlik hamkorlar bilan Zominda parranda bo‘yicha yirik naslchilik korxonasi tashkil qilinmoqda. Ushbu klasterda 100 ming bosh quvvatdagi birinchi naslli ona tovuq va 9 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu unikal loyiha respublikada parrandachilikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Jamiyat
Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110138
Jamiyat
94332
Jamiyat
90210
Jamiyat
73573
Jamiyat
//
Izoh yo‘q