Sport
O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga yetaklagan va Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy — Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Islombek Ismoilov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o‘yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
“Neftchi” jamoasi kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalari sifatida chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash, Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish, jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini ta’minlash, kabilarni belgilab oldi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q