Jamiyat
30-noyabr kuni soat 21:00 da “Rossiya Federatsiyasi – Oqtobe – Qizilorda – Olmaota” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻlida “Moskva – Toshkent” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 774BOT13 boʻlgan “VanHool” rusumli yoʻlovchi avtobusi yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Oʻzbekistonning Aktaudagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.
Hodisa vaqtida avtobusda 54 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan. YTH oqibatida jabrlanuvchi va halok boʻlganlar yoʻq.
Barcha yoʻlovchilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aktobe viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qishlogʻidagi masjidga vaqtincha joylashtirildi. Fuqarolarga oziq-ovqat va zarur yordamlar koʻrsatilmoqda.
Fuqarolarni Oʻzbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor ravishda qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Vaziyat Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan toʻliq nazoratga olingan boʻlib, Qozogʻiston tomonining masʼul idoralari bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75716
Jamiyat
//
Izoh yo‘q