Jamiyat
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda pensionerlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Soliq qo‘mitasi ushbu ma’lumotlar qanchalik asosli ekani yuzasidan tushuntirish berdi.
Unda aytilishicha, Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz barcha pensionerlarga nisbatan tatbiq qilinadi. Faqatgina buning yagona sharti shuki, pensionerlar o‘zlarining mulkida bo‘lgan turar joy obyektlarga nisbatan va faqatgina 60 kv/m doirasidagina mazkur imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Yer solig‘i bo‘yicha esa Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, imtiyoz faqatgina yolg‘iz pensionerlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra, yolg‘iz pensioner deganda yolg‘iz o‘zi yoki voyaga yetmagan yoxud nogironligi bo‘lgan bolalari bilan yashaydigan pensionerlar tushuniladi.
Ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun pensionerlar o‘zlarining pensiya guvohnomalarini yoki budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan beriladigan ma’lumotnomani, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, ya’ni MFY tomonidan beriladigan ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish kifoya qiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110179
Jamiyat
94337
Jamiyat
90218
Jamiyat
73616
Jamiyat
//
Izoh yo‘q