Jahon
Oksford lugʻati “reydjbeyt” (rage bait-soʻzma soʻz tarjima qilganda gʻazab oʻljasi degan maʼnoni anglatadi) soʻzini yil soʻzi deb atadi. Bu haqda Oxford University Press nashriyoti oʻz saytida maʼlum qildi.
Unda qayd etilishicha, bu soʻz 2025-yilgi xaos (tartibsizlik)ni ifodalovchi mukammal taʼrif sanaladi. Soʻzning mashhurligi esa undan internetda koʻp foydalanilishi bilan izohlanadi.
Lugʻatning oʻzi “reydjbeyt”ni shunday taʼriflaydi:
“Bu odatda maʼlum bir veb-sahifa, ijtimoiy tarmoq sahifasini ommabopligini yoki trafikini oshirish maqsadida provokatsion yoki haqoratli elementlardan foydalanilgan, ataylab gʻazab yoki nafratni qoʻzgʻash uchun tayyorlangan onlayn kontent”.
Nashrga koʻra, reydjbeyt fonida eʼtibor tortishga urinadigan pravokatorlar soni ortgan.
2024-yilda Oksford lugʻati “brain rot” — “miya chirishi” soʻzini yil soʻzi sifatida tanlagan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q