Jamiyat
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda yozilishicha, turmush o‘rtoqlarning zararli odatlari va zo‘ravonligi bolalarning ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi.
O‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ko‘pchiligi turmush o‘rtoqlarining zararli odatlari borligini aytgan. Ta’kidlanishicha, bunday odatlar shaharliklar orasida biroz ko‘proq uchraydi.
Respondentlarning qariyb yarmi (45 foizi) turmush o‘rtoqlari spirtli ichimlik iste’mol qilishini bildirgan. Ulardan 45.6 foizi deyarli har kuni ichadi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, alkogol iste’molining darajasi va bola tarbiyasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Jumladan, muntazam ichadiganlarning zo‘ravonlik qilish ehtimoli yuqori, bolani parvarishlashdagi ishtiroki esa past bo‘ladi. Aksincha, alkogol iste’moli qancha kam bo‘lsa, zo‘ravonlik qilish ehtimoli ham kamayadi.
Bu omillarni hisobga olish oiladagi murakkab holatlarni tushunish va bolalarni himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni ishlab chiqish uchun muhim sanaladi.
“Bolalarning katta qismi uyda zo‘ravonlik holatlariga guvoh bo‘layotgani ularning psixologik salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi va kelajakda salbiy xulq-atvor shakllanishi mumkinligini ko‘rsatadi”, deyiladi ma’lumotda.
Ushbu natijalar ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, zararli odatlarning oldini olish va bolalarni oilaviy zo‘ravonlik ta’siridan himoya qilishga qaratilgan keng qamrovli dasturlarga ehtiyoj borligini bildiradi.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109818
Jamiyat
94186
Jamiyat
90006
Jamiyat
73199
Jamiyat
//
Izoh yo‘q