Jamiyat
28-noyabr kuni 750-sonli Hukumat Qarori bilan transport vositalarining ekologik toifasini aniqlash va ekologik stikerlar berish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Transport vositasi toifasi uning ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinfiga ko‘ra quyidagi Ekologik toifalarga ajraladi:
Dizel:
- Euro-4 va undan yuqori — “toza”
- Euro-3 — “o‘rta”.
- Euro-0, Euro-1, Euro-2 — “zararli”
Gibrid, muqobil yoqilg‘i va ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtomobillar — “toza”.
Ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olishda transport vositasiga mos “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar YX xavfsizligi bo‘linmalarida beriladi.
Avtomobil egalari stikerni ixtiyoriy ravishda IIV JXD YX xizmati rasmiy sayti yoki my.gov.uz orqali ham so‘rashi mumkin. Stikerlar muddatsiz beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75716
Jamiyat
//
Izoh yo‘q