Jamiyat
Google foydalanuvchilari endi Google Gemini sun’iy intellekt platformasidan o‘zbek tilida ham foydalanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Sun'iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” panel sessiyasida ma’lum qilindi.
Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.
Ushbu yangilik mamlakatda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy AI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilindi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q