Jahon
Roskomnadzor WhatsAppʼni butunlay bloklashga ruxsat berdi, deb xabar berdi RIA Novosti. Unga koʻra, messendjer qonunchilik talablarini bajarmasa, u mamlakatda butunlay taqiqlanadi.
“Agar Rossiya qonunchiligi talablari messendjer tomonidan bajarilmasa, u toʻliq bloklanadi”, deyiladi Roskomnadzor xabarida.
Qayd etilishicha, WhatsApp Rossiyada jinoyat va firibgarliklarning oldini olishga qaratilgan qoidalarga rioya etmayapti. Bundan tashqari, messendjerdan terrorchilik rejasini tuzish va uni amalga oshiruvchilarni yollash maqsadida ham foydalanilmoqda.
Roskomrnadzor cheklovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini qayd etib, rossiyaliklarga milliy servislardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Rossiya Davlat dumasining Axborot siyosati komiteti aʼzosi Anton Nemkin taʼkidlashicha, 2025-yilda WhatsApp foydalanuvchilariga hujumlar miqdori 3,5 baravarga ortgan. Minglab akkauntlarga buzib kirilib, maʼlumotlar oʻgʻirlangan. Shuningdek, moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirgan “klon” hisob raqamlari aniqlangan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
112145
Jamiyat
94829
Jamiyat
90884
Jamiyat
75676
Jamiyat
//
Izoh yo‘q