Jamiyat
O‘zbekiston hududi bo‘ylab sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrga qadar saqlanib turadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Aytilishicha, 29-noyabrdan boshlab sovuq antisiklon ta’siri yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa atmosfera bosimining ko‘tarilishiga va havo haroratining pasayishiga olib keladi, ya’ni kechalari sovuq, kunduzi kuchsiz iliq kuzatiladi. Sovuq antisiklonga xos bo‘lgan ertalabki tuman bo‘lishi mumkin. Yuqori bosimli maydon kelgusi 10 kun davomida saqlanib turishi prognoz qilinmoqda.
“O‘zgidromet” avvalroq inversiya 29-noyabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi. Biroq, sinoptik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sovuq antisiklon davom etishi fonida inversiya hodisalari kutilganidan uzoqroq davom etadi.
Uzoq muddatli inversiya chang, tutun va mayda zarrachalar (PM) konsentratsiyasining oshishiga, shuningdek, quyuq tuman hodisalari sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111627
Jamiyat
94641
Jamiyat
90631
Jamiyat
75123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q