Jamiyat
Endilikda Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlarini saylash amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, universitetda ta’lim – tadqiqot – amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi akademik departament, tadqiqot, amaliyot va karyera markazlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar va ular tarkibida sho‘balar tashkil etiladi. Tadqiqot markazlari fakultetlar yo‘nalishidan kelib chiqib ilmiy xodimlardan iborat bo‘ladi, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq qiladi. Shuningdek, fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etiladi.
Ular 2 o‘quv yiliga saylanadi hamda bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanishi mumkin emas. Akademik departamentlar boshliqlari va markazlar rahbarlari fakultet dekani o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Sho‘balar professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat bo‘lib, ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglashtiriladi.
Farmon bilan 2026/2027 o‘quv yilidan “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan maktabda davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga, huquq fanidan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
109806
Jamiyat
94177
Jamiyat
89995
Jamiyat
73187
Jamiyat
//
Izoh yo‘q