Jamiyat
Jamiyat
AI-80 benzini savdosi to‘xtatiladi
Aholini sifatli va ekologik toza yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda 1-dekabrdan AI-80 benzinini AYOQSHlarda sotishni oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Shuningdek, havo ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan yangi talablar joriy etiladi.
Atrof-muhit monitoringiga oid ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushadi
Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi, jumladan:
– har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;
– daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;
– suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.
Turizm sohasining ayrim mutaxassislari qayta tayyorlanadi
Prezident qarori bilan, turizm sohasi subyektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
Shuningdek, har yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Samarqand kampusi(Akademiya)ning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarida ta’lim olish uchun maxsus grant ajratiladi.
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi
Hukumat qarori bilan, 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
“Iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi
Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.
Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
– yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
– o‘rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
– avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1.5 baravargacha oshirgan holda.
Elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat etiladi
Nodavlat notijorat tashkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Notarial xizmatlar ko‘rsatishda ayrim talablar bekor qilinadi
2025-yil 1-dekabrdan respublikada notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari nusxasini “Notarius” axborot tizimi (Tizim) ga majburiy yuklash tartibini joriy etish orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qilish bekor qilinadi.
Bunda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar elektron qurilmalarda saqlanadi hamda ularni Tizimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri notarial harakatga biriktirish va saqlash imkoniyati yaratiladi.
Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi talab etilmaydi
1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:
– nikohni rasmiylashtirishda FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi;
– nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDY organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
– avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi.
Nodavlat sud ekspertlari faoliyati rivojlantiriladi
1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
15-dekabrdan esa shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi
Fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi.
2025-yil yakunigacha sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturi yaratiladi.
Agroportalda bir qator xizmat turlari joriy qilinadi
Ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish xizmatlari Agroportal orqali taqdim etiladi.
“Tolling operatsiyalari” moduli amalga oshiriladi
Bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Tolling operatsiyalari” moduli amaliyotga joriy etiladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109803
Jamiyat
94174
Jamiyat
89992
Jamiyat
73186
Jamiyat
//
Izoh yo‘q