Jamiyat
Sport
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Unga mazkur unvon mamlakatda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalq o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurt oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azm-u shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatan sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun berilgan.
Ma’lumot uchun, shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchi Prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109803
Jamiyat
94174
Jamiyat
89992
Jamiyat
73186
Jamiyat
//
Izoh yo‘q