Jamiyat
Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. Shuningdek, 2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Prezidentning tegishli qarori bilan Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Allakuliyev 1988-yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan. 2018-2021-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i, 2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111037
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74507
Jamiyat
//
Izoh yo‘q