Jamiyat
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda poytaxt havosining ifloslanishi Toshkent IES tomonidan ham sodir bo‘layotgani aytilgan video tarqatilmoqda.
Energetika vazirligining bergan rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu video mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazkur video qariyb 2 yil oldin — 2024-yilning fevral oyida olingan bo‘lib, o‘sha paytda stansiyada asosiy yoqilg‘i tabiiy gazdan, zaxira yoqilg‘i sifatida esa qisqa muddat mazutdan foydalanilgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent IESda hozirgi kunda o‘rnatilgan “Yengli filtr” qurilmasi chiqindilarni 99.5 foiz samara bilan tozalaydi va havoga tashlanadigan qattiq zarrachalar konsentratsiyasini 100 mg/m³ dan 6 mg/m³ gacha kamaytiradi.
Stansiyada tutun gazlari tarkibini yuqori aniqlikda nazorat qiluvchi va real vaqt rejimida ma’lumotlarni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Situatsion markaziga uzatuvchi avtomatik monitoring tizimlari joriy etilgan.
Shu bilan birga, stansiyaning sanitariya-himoya hududida zamonaviy ekopost o‘rnatilgan bo‘lib, u atrof-muhit holatini doimiy nazorat qilish va ekologik ko‘rsatkichlarni tezkor monitoring qilishni ta’minlaydi.
Xabarda yozilishicha, joriy kuz-qish mavsumi boshlangandan beri mazkur stansiyada mazut yoqilg‘isidan foydalanilmagan va stansiya tabiiy gaz asosida ishlamoqda.
Vazirlik ijtimoiy tarmoq egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘radi hamda bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109801
Jamiyat
94173
Jamiyat
89989
Jamiyat
73184
Jamiyat
//
Izoh yo‘q