Jamiyat
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga qilgan safari davomida Nukusda tashkil etilgan animatsiya o‘quv kursi faoliyati bilan qiziqdi.
“Animatsiya — bu kichik yo‘nalish emas, balki jahon kreativ iqtisodiyotining ulkan va ajralmas qismi. Shu bois biz sohada malakali mutaxassislar tayyorlab, global bozorga chiqishga intilishimiz kerak”, deb yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Administratsiya rahbari Bolalar kontentini rivojlantirish markazining mamlakat bo‘ylab animatsiya yo‘nalishida o‘quv kurslarini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashabbusni aynan Qoraqalpog‘istondan boshlash kerakligini aytgan.
“Nukusga safarim chog‘ida mazkur o‘quv kursining faoliyati bilan tanishdim. Yoshlar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlaridagi ishtiyoqni ko‘rdim, his qildim. Ular nafaqat o‘qishga, balki o‘z kelajagini yaratishga intilishyapti.
Biz yoshlarimizga imkoniyat yaratsak, ular albatta natija beradi. Kecha Nukusda bunga yana bir bor amin bo‘ldim”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110536
Jamiyat
94401
Jamiyat
90293
Jamiyat
73988
Jamiyat
//
Izoh yo‘q