Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni Olimpiya shaharchasidagi stadionda Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezident o‘z nutqida sportchilarga murojaat qilib, bugungi islohotlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Endi eng iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni katta sportga yo‘naltirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – Prezident Olimpiadasi o‘yinlari boshlanmoqda.
Musobaqaning tuman va viloyat bosqichlarida umumta’lim maktablaridagi sport to‘garaklari, xususiy sport klublari va 310 ta sport maktabidan 100 mingdan ortiq yoshlarimiz ishtirok etdi.
Eng yuqori natijaga erishgan 3 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar Prezident Olimpiadasiga keldi. Ular sportning 10 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashuvlarni boshladi.
G‘oliblar maxsus sovrinlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi, eng muhimi — ular milliy terma jamoalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltiriladi. Kelgusida sportchilar Olimpiya va Paralimpiya markazlariga qabul qilinib, stipendiya bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Prezident Olimpiadasi har yili o‘tkazilib, yangi iqtidorlarni aniqlashning samarali seleksiya tizimiga aylanadi. Kelgusi yildan boshlab suv sporti, velosport, triatlon, qilichbozlik va turli jamoaviy o‘yinlar qo‘shilib, musobaqalar soni 20 ta yo‘nalishga yetkaziladi.
“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratyapmiz. So‘nggi sakkiz yilda budjetdan sportga berilayotgan yillik mablag‘ 250 milliard so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi; trenerlarning o‘rtacha maoshi 7 barobar ko‘paydi; 250 dan ziyod yirik sport obyektlari yangidan qurildi, 100 ga yaqin obyekt rekonstruksiya qilindi; mahallalarda, ayniqsa, chekka-chekka qishloqlarda 2 mingga yaqin sport maydonchalari barpo etildi, ularning sonini har yili 500 taga oshirib boryapmiz; 14 ta olimpiya va paralimpiya markazlari to‘liq zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlandi.
Bu ishlarimiz yurtimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi va sporti yuksak darajada rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Jumladan, Parij Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida mard va bahodir sportchilarimiz chinakam jasorat ko‘rsatib, 13-o‘rinni egallaganliklari har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.
Ana shunday zafarli yurishning davomi sifatida joriy yilda yoshlarimiz Jahon universiadasida 13-o‘rinni, Bahraynda o‘tkazilgan Yoshlar o‘yinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqalarida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ayniqsa, o‘g‘il-qizlarimiz jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida 50 dan ortiq rekord natijalarga erishgani yurtimizning xalqaro Olimpiya harakatidagi o‘rni va nufuzini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, dedi Prezident.

Bugungi kunda dunyoda barcha sohalar qatori sport olamida ham keskin kurash va raqobat kechayotgani ta’kidlandi. Bu esa nufuzli xalqaro sport musobaqalari, jumladan, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
Bu ishlarni eng quyi bo‘g‘in bo‘lgan mahalladan boshlash uchun joriy yil besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari bilan 15 million aholi qamrab olindi. Adaptiv sportga berilayotgan e’tibor tufayli so‘nggi uch yilda parasportchilar soni qariyb yetti karra oshib, 70 mingdan ortiq nogironligi bor shaxslar ommaviy sportga jalb etildi.
Sohani raqamlashtirish va shaffofligini oshirish hisobiga barcha 10 ming maktab va 9 ming mahalladagi o‘g‘il-qizlar o‘z salohiyatini namoyon qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Endi eng iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni katta sportga yo‘naltirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – Prezident Olimpiadasi o‘yinlari boshlanmoqda.
Musobaqaning tuman va viloyat bosqichlarida umumta’lim maktablaridagi sport to‘garaklari, xususiy sport klublari va 310 ta sport maktabidan 100 mingdan ortiq yoshlarimiz ishtirok etdi.
Eng yuqori natijaga erishgan 3 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar Prezident Olimpiadasiga keldi. Ular sportning 10 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashuvlarni boshladi.

G‘oliblar maxsus sovrinlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Eng asosiysi, ular terma jamoalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltiriladi.
A’lo darajadagi tayyorgarlikni davom ettirish uchun ular Olimpiya va Paralimpiya markazlariga qabul qilinadi va har biriga stipendiya beriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bundan buyon har yili o‘tkaziladigan Prezident Olimpiadasi yangi iqtidorlarni kashf qilib, samarali seleksiya tizimiga aylanadi.
Kelgusi yildan boshlab, suv sporti, velosport, triatlon, qilichbozlik va jamoaviy o‘yinlar bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilib, Prezident Olimpiadasidagi sport turlari 20 taga yetkaziladi.
2026-yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati hamda 2029-yilda Yoshlar Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
– Bunday yirik musobaqalar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta bayram, katta mahorat maktabi bo‘ladi, mamlakatimizning do‘stlik va hamkorlik diyori sifatida xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshiradi. Prezident Olimpiadasi tizimi esa hech shubhasiz, bunday musobaqalarga javohir sportchilarni tanlab olishga, xususan, 2028-yilda Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun har bir hududdan litsenziyalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari xushxabarni eʼlon qilish uchun nutqida tanaffus qildi. Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi finalida grossmeysterimiz Javohir Sindarov gʻalaba qozongani haqidagi yangilik gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida Olimpiada ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.
Stadionga O‘zbekiston bayrog‘i olib chiqildi va ko‘tarildi, mamlakatimiz madhiyasi ijro etildi.
Olimpiya mash’alasi yoqilib, katta sport bayrami boshlandi. Tadbir teatrlashtirilgan madaniy dastur bilan davom etdi.
Marosimdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari grossmeysterimizni Hindistonda o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida erishgan g‘alabasi bilan o‘z nomidan va barcha yurtdoshlarimiz nomidan qizg‘in tabriklab, ushbu tarixiy voqea butun xalqimizni quvontirganini ta’kidladi. Yosh sportchimizga kelgusi yilda Kiprda bo‘lib o‘tadigan Da’vogarlar turnirida muvaffaqiyatlar tiladi.
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109799
Jamiyat
94170
Jamiyat
89985
Jamiyat
73181
Jamiyat
//
Izoh yo‘q