Gonkongdagi yirik turar joy majmuasida yongʻin chiqdi. Qurbonlar bor

Saqlash
18:19 / 26.11.2025 5 0

Gongkongning Tay Po tumanidagi yirik Wang Fuk Court turar joy kompleksida yirik yongʻin sodir boʻldi, 4 kishi vafot etgan, deb yozadi CNN. Ichkarida qolgan jabrlanuvchilar haqida hozircha maʼlumotlar yoʻq.

 

Yongʻin avvaliga besh ballik shkaladan uchinchi darajali ogʻirlikda deb baholangan. Biroq zararlanayotgan hudud qamrovi tezlik bilan ortib borishi tufayli yongʻin avval toʻrt, keyin esa eng kuchli — beshinchi darajaga yetgan.

 

Gonkong rasmiylari pojar tufayli 10 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgani haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlagan. Ulardan toʻrt nafari vafot etgan, uch nafari ogʻir ahvolda, va faqat bir nafar bemor ahvoli stabil ekani maʼlum qilingan. Reuters jabrlanganlar orasida yongʻin oʻchirishda ishtirok etgan oʻt oʻchiruvchi ham borligini maʼlum qilgan. Yongʻin xavfsizligi departamenti maʼlumotlariga koʻra, ichkarida qolganlarning aniq soni boʻyicha maʼlumot mavjud emas.

 

Janob Vong nomi bilan Reuters muxbirlariga intervyu bergan fuqaro turmush oʻrtogʻi binolardan birida yolgʻiz qolib ketganini aytib, koʻz yoshini yashirolmagan.

 

 

Yongʻin bambukdan boʻlgan iskala (qurilish narvoni) va setkani qamrab olgan. Bambukli iskalalardan Gongkongda asosan, binolar qurish va rekonstruksiya ishlarida foydalaniladi.

 

Joriy yilda mamlakat rasmiylari xavfsizlik nuqtayi nazaridan davlat loyihalarida bunday uskunalardan foydalanishni bosqichma bosqich toʻxtatilishini maʼlum qilgan edi.

 

Maʼlumot uchun, Wang Fuk Court turar joy majmuasi 2000 ga yaqin kvartiraga ega sakkizta koʻp qavatli bloklardan tashkil topgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//