2026-yilda davlat idoralariga byudjetdan qancha pul ajratilishi ma’lum bo’ldi

Saqlash
14:13 / 26.11.2025 3 0

Kelayotgan yil uchun qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag‘ olishi ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasida taqdim qildi. 

 

Aytilishicha, qonun loyihasida 18 ta modda va 10 ta ilovadan iborat. Unda 2026-yil uchun prognozlar va 2027–2028-yillar uchun byudjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan oʻzaro muvofiqlikda ishlab chiqilgan.

 

Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar jami 328 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat idoralariga 2026-yil uchun byudjetdan mablag‘lar quyidagicha ajratilishi rejalashtirilgan (qavs ichida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar):

 

  • 1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln so‘m (59,5 trln)
  • 2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,36 trln (6,6 trln)
  • 3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 6,80 trln (5,1 trln)
  • 4. Madaniyat vazirligi — 1,28 trln (1,172 trln)
  • 5. Sport vazirligi — 1,22 trln (1,135 trln)
  • 6. Qurilish vazirligi — 2,23 trln (1,992 trln)
  • 7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 2,27 trln (1,794 trln)
  • 8. Suv xo‘jaligi vazirligi — 10,36 trln (10,4 trln)
  • 9. Energetika vazirligi — 110 mlrd (123 mlrd)
  • 10. Transport vazirligi — 7,30 trln (6,7 trln)
  • 11. Ekologiya vazirligi — 1,10 trln (927 mlrd)
  • 12. Geologiya vazirligi — 838 mlrd (1 trln)
  • 13. Raqobat qo‘mitasi — 13,54 mlrd (12,6 mlrd)
  • 14. Davaktiv agentligi — 13,12 mlrd (12,1 mlrd)
  • 15. Bandlik vazirligi — 582,8 mlrd (733 mlrd)
  • 16. Milliy statistika qo‘mitasi — 346,4 mlrd (238,8 mlrd)
  • 17. Tashqi ishlar vazirligi — 1,117 trln (1 trln)
  • 18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1,62 trln (1,116 trln)
  • 19. Raqamli texnologiyalar vazirligi — 528 mlrd (532 mlrd)
  • 20. Adliya vazirligi — 350 mlrd (322 mlrd)
  • 21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 105,9 trln (95,9 trln)
  • 22. Soliq qo‘mitasi — 176,7 mlrd (169,4 mlrd)
  • 23. Vazirlar Mahkamasi — 2,59 trln (2,184 trln)
  • 24. Prezident administratsiyasi — 3,05 trln (1,673 trln)
  • 25. Senat — 128,18 mlrd (127 mlrd)
  • 26. Qonunchilik palatasi — 229,3 mlrd (178,9 mlrd)
  • 27. Ombudsman — 24,56 mlrd (18,6 mlrd)
  • 28. Bosh prokuratura — 3,008 trln (2,732 trln)
  • 29. Oliy sud — 1,99 trln (1,804 trln)
  • 30. Konstitutsiyaviy sud — 13,19 mlrd (12,9 mlrd)
  • 31. Sudyalar oliy kengashi — 58,7 mlrd (53,7 mlrd)
  • 32. Markaziy saylov komissiyasi — 31,98 mlrd (29,4 mlrd)
  • 33. MTRK — 887,6 mlrd (881,4 mlrd)
  • 34. O‘zA — 44 mlrd (40,7 mlrd)
  • 35. Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 78,25 mlrd (75,4 mlrd)
  • 36. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 17,45 mlrd (16,1 mlrd)
  • 37. Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 400 mlrd (350 mlrd)
  • 38. Fanlar akademiyasi — 534,36 mlrd (446,8 mlrd)
  • 39. Badiiy akademiya — 249,8 mlrd (160,4 mlrd)
  • 40. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi — 35,69 mlrd (33,2 mlrd)
  • 41. Hisob palatasi — 136,99 mlrd (116 mlrd)
  • 42. Boshqaruv samaradorligi agentligi — 93,18 mlrd (53,7 mlrd)
  • 43. Strategik islohotlar agentligi — 27,12 mlrd (20,3 mlrd)
  • 44. Bolalar ombudsmani — 3,57 mlrd (3,5 mlrd)
  • 45. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi — 910 mln (910 mln)
  • 46. Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 11,7 mlrd
  • 47. Milliy antidoping agentligi — 9,27 mlrd
  • 48. Din ishlari qo‘mitasi — 172,65 mlrd (163,7 mlrd)
  • 49. Madaniy meros agentligi — 251,36 mlrd (177,3 mlrd)
  • 50. Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 22,42 trln (21,139 trln)
  • 51. Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash fondi — 1,441 trln
  • 52. Yoshlar ishlari agentligi — 507,66 mlrd (456 mlrd)
  • 53. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 166,69 mlrd (105,7 mlrd)
  • 54. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 64,34 mlrd (95,7 mlrd)
  • 55. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 57,22 mlrd
  • 56. Atom energiyasi agentligi — 46,38 mlrd
  • 57. Energetika bozori agentligi — 3,03 mlrd
  • 58. O‘zenergoinspeksiya — 28,92 mlrd
  • 59. Agroinspeksiya — 8,72 mlrd (9,3 mlrd)
  • 60. Migratsiya agentligi — 50 mlrd
  • 61. Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi — 10,08 mlrd
  • 62. Energiya samaradorligi agentligi — 709,86 mlrd
  • 63. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi — 7,23 mlrd
  • 64. Yengil sanoat agentligi — 47 mlrd
  • 65. Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi — 16,33 mlrd
  • 66. Boshqa tashkilotlar — 74,12 trln (49,989 trln)

 

2026-yil uchun davlat byudjeti daromadlari 368,9 trln soʻm, xarajatlari esa 402,4 trln soʻm (byudjetlararo transfertlarni inobatga olgan holda) miqdorida belgilanmoqda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari (byudjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 78,2 trln soʻm miqdorida, xarajatlari esa (Davlat byudjetiga transfertlarni inobatga olmagan holda) 147,5 trln soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, Davlat maqsadli jamgʻarmalariga Oʻzbekiston respublika byudjetidan 73,6 trln soʻm transfertlar ajratish belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//