Jamiyat
O‘zbekistonda 2026-yilda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026−2028-yillar uchun taqdim etilgan budjetnomada keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab iste’molga tayyor 1 kg kartoshka chipslari uchun 15 ming so‘m miqdorda aksiz solig‘ini joriy etish taklif etilmoqda. Ushbu aksiz solig‘i kartoshka chipslarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va O‘zbekiston hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan to‘lanadi.
Mazkur taklif Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ortiqcha vaznga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va bu bo‘yicha boshqa davlatlar tajribalari o‘rganilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110423
Jamiyat
94389
Jamiyat
90269
Jamiyat
73879
Jamiyat
//
Izoh yo‘q