Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘llar tashkil etiladi

Saqlash
09:16 / 26.11.2025 21 0

Toshkent shahridagi inversiya holatini bartaraf etish, havo sifatini yaxshilash maqsadida sun’iy ko‘llar va suv havzalari tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentining poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonida belgilab berildi.

 

Endilikda Toshkent shahri hududida atmosfera havosining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mikroiqlim barqarorligini ta’minlash maqsadida poytaxtning 4 ta tomonida (sharq, g‘arb, shimol va janub qismlarida) kamida 3 tadan sun’iy ko‘l va suv havzalarini tashkil etiladi.

 

Farmonda belgilanganidek, poytaxt hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahri hududidagi favvoralar soni kamida 2 baravarga ko‘paytiriladi.

 

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahrining barcha tumanlarida “yashillik” darajasi past bo‘lgan 3 tadan uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan ko‘chalarni tanlab olish orqali “Soyali sayr ko‘cha”si tashkil qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//