Jamiyat
Fargʻonada ekoinspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokim oʻrinbosari ishdan olindi. Habikatura holatga tegishli karikatura tayyorladi.
.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi qishloqlardan birida zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilgani, jarayon vaqtida tuman hokimi oʻrinbosari tomonidan Ekologiya qoʻmitasi inspektoriga qarshilik koʻrsatilgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.
Videoda ekoloinspektor daraxt kesayotgan shaxsga qarshilik qilib, qoʻlidan arrasini tortib olishga uringanini, buni koʻrgan hokim oʻrinbosari esa aholi va IIB xodimlari koʻz oʻngida inspektorga jismoniy kuch ishlatib, uni chetga olib ketganini koʻrish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borildi. Fargʻona viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Buvayda tuman boʻlimi davlat inspektorlari hamda IIB 2-mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ham shu kunning oʻzida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi. Reyd davomida Buvayda tumani Nayman MFY hududidagi zovur muhofaza maydonida noqonuniy daraxt kesish holati aniqlangan. Oʻrganish jarayonida Buvayda tumani Maslaxat MFY Chirkay qishlogʻida yashovchi fuqaro S.Z. tomonidan jami 26 tup kam qimmatli daraxt qonunga xilof ravishda kesilgani aniqlandi.
Yuqoridagi holat boʻyicha fuqaro S.Z.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari miqdorida — 10 300 000 soʻm jarima hamda 45 891 600 soʻm oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari Saidjon Xizirov ustidan esa xizmat tekshiruvi tayinlanib, lavozimidan ozod etildi. Hozirda hokim oʻrinbosari S. Xizirovning harakatlariga doir dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109794
Jamiyat
94168
Jamiyat
89974
Jamiyat
73175
Jamiyat
//
Izoh yo‘q