Jamiyat
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab fuqarolarning oilaviy shajaralari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–228-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi.
“Shajara” axborot tizimida qanday imkoniyatlar yaratiladi?
- “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi dastlabki maʼlumotlar, davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish xizmatini koʻrsatish;
- X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK maʼlumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlarni aniqlash imkoniyati taqdim etiladi.
Oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali quyidagi davrlar boʻyicha koʻrsatiladi:
- IX asrdan – 1917-yilgacha;
- 1918-yildan – 1945-yilgacha;
- 1946-yildan – hozirgi kunga qadar.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q