Jamiyat
Endi Oʻzbekistonda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab 5 yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi belgilanadi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida maʼlum qilindi. Bunga qadar sudyalar avval 5, undan keyin navbatdagi 10 yillik muddatga saylanar edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–227-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan sudyalarni saylash muddatiga oʻzgartirish kiritildi.
Tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga koʻra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibi oʻrnatiladi.
Sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga nomzodlar tegishli sud sudyalari malaka hayʼatlari tomonidan tavsiya etiladi.
Bunda Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7-yil ishlagan sudyalar nomzodi koʻrsatilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109792
Jamiyat
94166
Jamiyat
89971
Jamiyat
73173
Jamiyat
//
Izoh yo‘q