Jamiyat
Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligining “Boshpana” loyihasida “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev bilan sovuq kunlarda gaz bosimi yetishmasligining issiqlik ta’minoti sifatiga ta’siri muhokama qilindi.
Intervyuda Ilhom To‘rayev uchta asosiy resurs — tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishiga sabab bo‘lishini hamda 2026 yilda narxlar oshirilishini ta’kidlagan. Unga ko’ra, sanalgan resurslar narxiga qarab issiqlik ta’minoti narxlarini qayta ko‘rib chiqish majburiyati tug‘iladi va uni har doim aholiga og‘irligi tushmaydigan holda amalga oshirish rejalashtiriladi. U shuningdek, ishlab chiqarish tannarxini tushirish orqali issiqlik ta’minoti sohasini subsidiyalash to‘xtatilishini ham ta’kidlagan.
"Bugungi kunda, 1 Gkall issiq suv ishlab chiqarish tannarxi hududlar kesimida o‘rtacha 500 ming so‘m bo‘lsa, uning 75-80 % davlat tomonidan subsidiya sifatida qaytariladi. Bu insonlar qiynalmasligi uchun davlat tarafidan berilgan bir yengillik — subsidiya. Qachongacha subsidiyada qolamiz, qachon tannarxga chiqamiz, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Men aniq aytaman: bizda ishlab chiqarish tannarxini tushirgan holda subsidiyadan chiqib ketish belgilangan. To‘g‘ri, aholiniki ham oshadi, qanchadir miqdorda aholiga ham yuk tushadi. Lekin birinchi navbatda bizning korxonalarning oldiga qo‘yilgan vazifa — bu ishlab chiqarish tannarxini tushirish", deydi To‘rayev.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109792
Jamiyat
94166
Jamiyat
89971
Jamiyat
73173
Jamiyat
//
Izoh yo‘q