Jahon
Malayziya 2026-yildan boshlab 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi, deb xabar berdi Reuters.
Aloqa vaziri Faxmi Fadzil taʼkidlashicha, hukumat Avstraliya va boshqa mamlakatlardagi kabi yoshga doir cheklovlar mexanizmini oʻrganmoqchi. Unga koʻra, ushbu oʻzgarishlardan maqsad — oʻsmirlarni kiberbulling, moliyaviy firibgarlik va internetdagi zoʻravonliklar xavfidan himoyalash sanaladi.
“Umid qilamizki, ijtimoiy tarmoq platformalari hukumat qaroriga rioya qilib, 16 yoshdan kichik bolalarga hisob raqami (akkaunt) ochishni taqiqlaydi”, deydi u The Star kunlik mahalliy gazetasiga bergan intervyusida.
Soʻnggi yillarda Malayziya ijtimoiy tarmoq kompaniyalari rahbarlariga bosimni kuchaytirgan. Hukumat bunday platformalarda zararli kontent hajmi ortib bormoqda, deb hisoblaydi. Rasmiylar onlayn-kazino, irqiy va diniy mavzulardagi, shuningdek, Qirollik oilasiga tegishli materiallardan xavotirda.
Yangi tartib shuningdek, xabar almashish servislariga ham tegishli: mamlakatdagi 8 milliondan ortiq auditoriyaga ega platformalar litsenziya olishi shart. Mazkur tartib 2026-yilning yanvar oyidan kuchga kiradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q