Jamiyat
Toshkent shahri Chilonzor tumani kengashi deputati, xonanda Shohrux Shodmonov o‘z X(Twitter) sahifasida mas’ullarni havo ifloslanishiga qarshi harakat boshlashga chaqirdi.
“Yurtimizda havo buzilishini ochiqcha aytaylik: bu “mavsumiylik” yoki “tabiiy jarayonlar” emas - bu befarqlik natijasidir”, deb yozdi u.
Deputat bolalarning zaharli havodan nafas olishayotgani, odamlar niqob va tozalagichlar bilan o‘z sog‘lig‘ini himoya qilishga urinayotgani haqida yozar ekan, "biroq hammaning ham bunday narsalarni sotib olishga imkoni yo‘q"ligini ta’kidladi.
“Aholi qo‘lidan kelganini qilmoqda, lekin mas’ul tuzilmalar hanuz faqat hisobot va izohlar bilan cheklanmoqda”, deb yozdi Shodmonov.
Xonanda qanchalik murakkab bo‘lmasin, mas’ullar bu masalani tez, qat’iy va keskin tarzda hal qilishi shartligini urg‘ulagan.
“Shu kunlarda sizlarga kengaytirilgan vakolatlar va real vositalar berildi. Bu sizlar uchun qahramonlarga aylanish imkoniyati! Agar shundan keyin ham hech nima qila olmasangiz, unda bilmadim sizlarni nima deb atashni.
Shuning uchun ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating!” – deya yakunlagan Chilonzor tumani kengashi deputati o‘z postini.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109787
Jamiyat
94161
Jamiyat
89968
Jamiyat
73169
Jamiyat
//
Izoh yo‘q