Jamiyat
“Milliy tiklanish” partiyasining yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan “odometr” ko‘rsatkichini o‘zgartirgan shaxsga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda.
“Buning uchun javobgar BHMning 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi taklif etilyapti”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilda birlamchi bozorda 312 mingta yengil avtotransport sotilgan bo‘lsa, birlamchi bozorda bu 1.1 mln.dan oshgan. Biroq mashinalarni qimmat sotish maqsadida “odometr” ko‘rsatkichini soxtalashtirish holatlari kuzatilyapti.
“Bu narxning sun’iy oshirilishiga va iste’molchi huquqlarining poymol etilishiga olib kelmoqda”, deyiladi fraksiya xabarida.
Shuningdek, Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ham ushbu masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, foydalanilgan transport vositalarining odometr ko‘rsatkichlarini sun’iy tarzda o‘zgartirish holatlarining uchrayotgani qayd etilib, bu iste’molchilar manfaatlariga zid ekanligi ma’lum qilindi.
“Qonun loyihasi bilan avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganligi yoki odometr uskunasi almashtirilganligi haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda”, deyiladi partiya xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
110401
Jamiyat
94386
Jamiyat
90265
Jamiyat
73853
Jamiyat
//
Izoh yo‘q