Jamiyat
O‘zgidromet 29-noyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 25-noyabr kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0 – +5° iliq, ba’zi joylarda -2° sovuqqacha, kunduzi +14 – +19° iliq bo‘ladi. Harorat 26-noyabrda kechasi 0– +5° iliq, ba’zi joylarda -2° sovuqqacha, kunduzi +12 – +17° iliq, 27-28-noyabrda kechasi -3° sovuq – +2° iliq, kunduzi +10 – +15° iliq, 29-noyabrda kechasi -3° sovuq – +2° iliq, kunduzi + – +12° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 25-noyabrda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0 – +5° iliq, kunduzi +15 – +20° iliq bo‘ladi. 27–29-noyabrda ba’zi joylarda -2° sovuqqacha, kunduzi 26-noyabrda +15 – +20° iliq, 27-noyabrda +13 – +18° iliq, 28-29-noyabrda +10 – +15° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ertaga havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2 – +7° iliq, kunduzi +14 – +19° iliq bo‘ladi. Harorat kechasi 0 – +5° iliq, kunduzi 26-noyabrda +14 – +19° iliq, 27-28-noyabrda +13 – +18° iliq, 29-noyabrda +10 – +15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-26-noyabr kunlari kechasi 2-7° iliq, kunduzi +14 – 19° va +15 – +20° iliq, 27-28-noyabrda kechasi 0 – +5° iliq, kunduzi +14 – +19° iliq, 29-noyabrda kechasi 0 – +5° iliq, kunduzi +12 – +17° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0 – +5° iliq, ba’zi joylarda -2° sovuqqacha, kunduzi 25-noyabr kuni +12 – +17° iliq, 26–28-noyabrda +11 – +16° iliq, 29-noyabrda +10 – +15°iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 25–28-noyabrda +10 – +15° iliq, 29-noyabrda +8 – +13° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109786
Jamiyat
94160
Jamiyat
89967
Jamiyat
73168
Jamiyat
//
Izoh yo‘q