Ozarboyjonda “Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar NNTlarining birdamlik forumi” boshlandi

Saqlash
12:10 / 24.11.2025 23 0

Joriy 2025-yilning 23-26-noyabr kunlari Ozarboyjonda “Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar nodavlat notijorat tashkilotlarining birdamlik forumi” bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum mezbon mamlakatning Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat qo‘llab-quvvatlash agentligining yillik faoliyat rejasiga muvofiq tashkillashtirilgan.  

 

Forumda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar Ozarboyjon, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hamda kuzatuvchi davlatlar, jumladan Vengriya, Turkmaniston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Oyina.uz bosh muharriri Inobat Ahatova ham ishtirok etmoqda.

 

 

Dasturga ko'ra, forumning dastlabki tadbirlari Ozarbayjonning Boku va Naxchivan shaharlarida o'tkaziladi.

 

 

Forumning ochilish marosimida ishtirokchilarga turkiy davlatlar o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, mushtarak qadriyatlar, yaqin hamkorlikni aks ettiruvchi, munosabatlarni rivojlantirish yo‘li va istiqbollarini ko‘rgazmali tarzda namoyish etuvchi videorolik taqdim etildi, shundan keyin mamlakat prezidenti Ilhom Aliyevning murojaati o‘qib eshittirildi.

 

 

Tadbirda turli dolzarb masalalar, shuningdek, Zangezur yo‘lagi haqida ham so‘z bordi. Forum doirasida o‘tkazilgan “Zangezur yo‘lagi: turkiy geografiyani bog‘lovchi ko‘prik” mavzusidagi panelda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi raisi Bobur Bekmurodov Zangezur yo‘lagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tranzit imkoniyatlarini oshirish, mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

 

2025-yilda TDTning 12-sammitiga mezbonlik qilgan Ozarboyjon ushbu forumni turkiy dunyo bo‘ylab fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida o‘z vaqtida birdamlik va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan mazmunli tashabbus deb baholaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//