Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining “ustun muzokara kuchi”ni e’tirof etish yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, qo‘mita tomonidan 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lmagan, lekin bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan 66 ta korxona aniqlangan va ular “ustun muzokara kuchi” deb e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat “ustun muzokara kuchi” deb e’tirof etiladi.
O‘rganishlar olib borilayotgan avtoturargohlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q