Jamiyat
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi qat’iy ogohlantirish bilan chiqdi.
Jumladan, qo‘mita tomonidan barcha qurilish tashkilotlariga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi shart ekanligi borasida tegishli talab yo‘lladi.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi talablarni bajarishga majbur:
— qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
— qurilish maydoniga kirib-chiqish yo‘laklarida osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlar o‘rnatish;
— avtotransport vositalari g‘ildiraklarini majburiy tarzda yuvish uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish;
— chang tarqalishining oldini olish maqsadida qurilish maydonini to‘siqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlash.
"Diqqat!
Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq jarima va boshqa ma’muriy choralar qo‘llanilishi, shuningdek, faoliyat 10 ish kunigacha to‘xtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin", deyiladi ogohlantirishda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112453
Jamiyat
95117
Jamiyat
91358
Jamiyat
76037
Jamiyat
//
Izoh yo‘q