Jamiyat
Mazkur hafta uchun qilingan prognozga muvofiq, ob-havodagi inversiya holati 24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan edi. Biroq yangilangan sinoptik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Aytilishicha, yangilangan prognozlarga ko‘ra, havo qatlamlarining aralashishiga to‘sqinlik qilayotgan ob-havo sharoiti kelayotgan haftaning oxirigacha saqlanib turishi mumkin.
Bu davrda havo sifati nobarqaror bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, ko‘rsatkichlar kun davomida o‘zgarib turadi.
Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” har kuni ertalab va kechqurun atmosfera havosining asosiy ko‘rsatkichlarini rasmiy kanallar orqali e’lon qilib boradi.
Ta’kidlash joizki, kuzatilayotgan holat - tabiiy, vaqtinchalik va mavsumiy jarayon. Vakolatli davlat organlari vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarurat tug‘ilganda tezkor choralar ko‘rmoqda, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111037
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74507
Jamiyat
//
Izoh yo‘q