Jamiyat
O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro reytingda eng yaxshi 500 talikda kirgani haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Aytilishicha, 2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education xalqaro reyting agentligi Interdisciplinary Science Rankings 2026 — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingini e’lon qildi. Unda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim tashkiloti ro‘yxatdan joy olgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talikka kiritilgan. Qolganlar esa reporter, ya’ni nomzod maqomida qayd etilgan.
Ro‘yxatda:
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 150-o‘rin;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 201–250-o‘rin;
O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti — 301–350-o‘rinlar;
Toshkent davlat transport universiteti — 351–400-o‘rinlarni egallagan.
Ushbu reyting moliyalashtirish va ilmiy resurslardan foydalanish samaradorligi, fanlararo tadqiqotlar uchun yaratilgan infratuzilma va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, ilmiy nashrlar sifati, iqtibos ko‘rsatkichlari va xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi obro‘-e’tibor kabi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109781
Jamiyat
94156
Jamiyat
89962
Jamiyat
73164
Jamiyat
//
Izoh yo‘q