O‘zbekistonning barcha viloyatlarida avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi

Saqlash
17:13 / 22.11.2025 31 0

Turizm qo‘mitasi xabar berishicha, sayyohlarga qulaylik yaratish, har bir hududda mazmunli dam olish va erkin piyoda yurish imkoniyatini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab bir qator yo‘nalishlar “avtomobildan xoli hudud” sifatida belgilandi.

 

Jumladan:

 

– Buxoro shahri tarixiy markazida Toqi Telpakfurushon madaniy meros obektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan qism;

– Andijon viloyati – Xonobod shahridagi ayrim hududlar;

– Farg‘ona viloyati – Farg‘ona shahridagi I.Karimov nomidagi san’at saroyi atrofi, “Eko shahar” madaniy dam olish bog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i, Marg‘ilon shahridagi E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i, Qo‘qon shahridagi O‘rda maydoni va “Istiqlol turizm ko‘chasi” avtomobildan xoli hududlarga aylantirilgan.

 

Samarqand viloyatida esa Samarqand tumanidagi “Konigil” turizm qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan turizm obektida 2,5 km uzunlikdagi yo‘l avtomobildan xoli hudud sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yo‘lning kirish qismlariga avtomobil harakatini taqiqlovchi yo‘l belgilar o‘rnatilgan. Shuningdek, Registon maydoni va Shohi Zinda majmuasini bog‘lovchi 1,5 km I.Karimov ko‘chasi ham avtomobildan xoli hudud sifatida belgilangan.

 

Bundan tashqari, qator hududlarda ham shunday zonalar tashkil etildi.

 

Turizm qo‘mitasiga ko‘ra, ushbu tashabbuslar ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish, piyoda sayohatlarni kengaytirish, tarixiy va madaniy hududlarda xavfsiz va qulay piyoda harakatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//