Jamiyat
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi. Hujjat bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Farmoyishga muvofiq, joylarda O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayramini Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang, mazmunan boy va xalqchil tarzda nishonlashga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, bayram tadbirlarida:
– yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat kabi ezgu g‘oyalarning amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z ifodasini topayotganini keng yoritish;
– “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, Asosiy qonunning yangi tahriri asosida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganini tushuntirish;
– Konstitutsiya bayrami arafasida ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslarini atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud va adliya tizimi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazish belgilangan.
– Farmoyish Konstitutsiya kunini ma’rifat va huquqiy ongni yuksaltirish, fuqarolarda Asosiy qonunga hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlash ruhida nishonlashga qaratilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109957
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73392
Jamiyat
//
Izoh yo‘q