Sport
O‘zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o‘yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatlarga erishib, katta natijalar bilan yakunladi. Saudiya Arabistonining Riyod shahri mezbonlik qilgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali qo‘lga kiritib, jami 96 ta medal bilan 57 mamlakat orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
7-noyabrda start olgan musobaqa 21-noyabr kuni nihoyasiga yetdi. So‘nggi kunda O‘zbekiston sportchilari yana uchta medal qo‘lga kiritdi. Jiu-jitsu bo‘yicha −62 kg vazn toifasida Sarvarbek Rahmonberdiyev bronza medaliga ega bo‘ldi.
.png)
Para pauerliftingda 134 kg toshni ko‘targan Qudratoy Toshpo‘latova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi og‘ir vazn toifasida Bekzod Jamilov bronza medali bilan musobaqani yakunladi. Shu tariqa, musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medali qo‘shib qo‘ydi.
Kumush medal:
Qudratoy Toshpo‘latova (para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi)
Bronza medallari:
Sarvarbek Rahmonberdiyev (jiu-jitsu, −62 kg) Bekzod Jamilov (para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi)
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Turkiya 72 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. 29 ta oltin, 19 ta kumush va 33 ta bronza qo‘lga kiritgan Eron uchlikni yakunladi.
.png)
.png)
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
109777
Jamiyat
94153
Jamiyat
89958
Jamiyat
73151
Jamiyat
//
Izoh yo‘q