Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kinematografiya agentligi tomonidan qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kinoloyihalarni ishlab chiqarish ishlarini olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
2025-yilning 25-noyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida hamda respublikamizning barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va ayanchi qismati haqidagi “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning ilk umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Film taqdimoti O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Film Maryam Sultonmurodovaning ilm-ma’rifat fidoyisi, bardoshli jurnalist, mehrli hamshira va matonatli ayol sifatida tanitishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109776
Jamiyat
94151
Jamiyat
89955
Jamiyat
73147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q