Ilm-fan
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish samaradorligi oshiriladi. Bu boʻyicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.
16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish, “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam oʻqib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish kabilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilangan.
Farmon bilan 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
- taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
- taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;
- volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
- “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.
Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”da turgan kambagʻal oilalar yoshlariga bir qator katta imtiyozlar ham farmondan oʻrin olgan:
- 1 oylik armiya xizmati bepul boʻladi — davlat xarajatni toʻlab beradi.
- Haydovchilik guvohnomasi (“A”, “B”, “D”, “DE”) uchun oʻqish ham bepul boʻladi — toʻlovni “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi qoplaydi.
- Kollej va universitet kontraktining 50% gacha qismi ham jamgʻarma tomonidan toʻlab berilishi mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
109775
Jamiyat
94150
Jamiyat
89954
Jamiyat
73145
Jamiyat
//
Izoh yo‘q