Jahon
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari hukumatlari taʼlim sohasidagi mamlakatlararo hamkorlik va almashinuv boʻyicha Bitim imzoladi.
Unga koʻra, tomonlar Oliy taʼlimni tugatganlik haqidagi hujjatni, yaʼni milliy qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan ishtirokchi davlatlarning oliy taʼlim muassasalari diplomlarini oʻzaro tan oladi. Bunda mamlakatlar fuqarolari boshqa ishtirokchi davlatlarga borib, Oliy taʼlim diplomi bilan unda koʻrsatilgan faoliyat turida professional faoliyat yuritish, amaliyot oʻtash yoki taʼlimini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Diplomlar hujjatlarda koʻrsatilgan malakalar oliy taʼlim tizimining umumiy talablariga javob bergan taqdirda tan olinadi. Faqat oliy taʼlim tizimi talablarida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirdagina diplomlar tan olinmasligi (qabul qilinmasligi) mumkin. Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida tomonlar oʻz davlatining vakolatli organlarini belgilab, bu haqda depozitariyga xabar beradi. Ular oʻz navbatida, tomonlarni xabardor qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q