Jamiyat
Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga imtiyozlar belgilanadi. Unga ko‘ra, safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni bepul o‘tash, haydovchilikka o‘qish xarajatlarini qoplash, shuningdek, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasining bir qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
– safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi, ushbu maqsad uchun alohida subsidiya ajratish amaliyoti esa bekor qilinadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:
– avtomototransport haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining A, B, D va DE toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
– kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda bu miqdor 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
– ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
Mazkur tartib yoshlarning kasb-hunar egallashi, oliy va kasbiy ta’limga qo‘shilganlik darajasini oshirish, shu bilan birga, ijtimoiy yordamni manzilli va sharti aniq bo‘lgan mexanizmlar orqali taqdim etishga xizmat qilishi belgilanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Siyosat
109774
Jamiyat
94149
Jamiyat
89954
Jamiyat
73145
Jamiyat
//
Izoh yo‘q