Jamiyat
Xalqaro havo sifati indeksi (IQAir) tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha yirik shaharlar ichida 1-o‘ringa chiqdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, poytaxtda havo sifati indeksi 250 birlikni tashkil etib, “juda zararli” darajasiga yetgan. Reytingda Toshkentdan keyingi o‘rinlarni Dehli (236), Laxor (213), Qohira (209), Tehron (165) shaharlari egalladi.
“O‘zgidromet” bu haqda xabar berdi, aholiga bunday ob-havoda qanday harakatlanish kerakligini aytdi. Aholiga tibbiy niqoblarda yurish va ochiq havoda kamroq harakatlanishni tavsiya berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ko‘rsatkich sog‘liq uchun xavf tug‘dirib, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslar uchun xavf darajasini oshiradi. Havo sifati yomonlashgan sharoitda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik, niqoblardan foydalanish va uy ichida shamollatishni nazorat qilish aytildi.
Inversiya hodisasi sabab, poytaxt havosi sifat darajasi milliy ruxsat etilgan sutkalik me’yordan ham bir necha bor ortib, binafsharang xavf darajasiga chiqdi.
.png)
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74509
Jamiyat
//
Izoh yo‘q