Jamiyat
Madaniyat
Kecha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining zamonaviy oʻzbek ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Soʻz” loyihasining taqdimoti va sheʼriy-konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
.jpg)
Unda taniqli yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jurnalist va blogerlar, sheʼriyat muxlislari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Shuningdek, sheʼriy kechaga hamohang tarzda rassom ElNur Egamovning oʻzlik, milliylik, inson ruhiyati va zamon tendensiyalariga qaratilgan koʻrgazmasi ham tashkil qilindi.


Sheʼriy konsert davomida loyiha davomida ishtirok etgan ijodkorlar Vatan, ona, millat, xalq, jasorat va muhabbat haqidagi sheʼrlarini turli koʻrgazmali, metaforalarga boy chiqishlar bilan ijro etishdi.
.jpg)

Loyiha yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jasoratli, shijoatkor soʻzlarini keng ommaga yetkazishga qaratilgan boʻlib, shoirlar ishtirokida doimiy ravishda sheʼriy kontentlar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylab borilmoqda.

.jpg)


.jpg)

.jpg)



.jpg)
(1).jpg)
.jpg)
.jpg)

Foto: Sobir MUHAMMAD
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110564
Jamiyat
94406
Jamiyat
90298
Jamiyat
74019
Jamiyat
//
Izoh yo‘q