Madaniyat
Avstriyalik rassom Gustav Klimtning “Elizabet Lederer portreti” asari Nyu Yorkdagi Sothebyʻsʻ auksionida 236,4 million dollarga sotildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
1914-1916-yillarda chizilgan va rassomning oʻlimidan ikki yil oldin tugallangan ushbu portret zamonaviy sanʻatning eng qimmat asari va kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat ikkinchi rasmga aylandi. Xaridorning ismi oshkor etilmadi.
Elizabet Lederer – avstriyalik tadbirkor Avgust Ledererning qizi. U Avstriya okkupatsiya qilingan paytda yahudiyligini yashirish uchun oʻzini Klimtning qizi sifatida tanishtirgan. Portret natsistlar tomonidan uning oilasidan tortib olingan, ammo 1948-yilda kartinani qaytarishga muvaffaq boʻlishgan. 1983-yilda rasm art-diler Serj Sabarskiga sotilgan. 1985-yilda esa asarni Estee Lauder brendi asoschisining oʻgʻli Leonard Lauder sotib olgan va 92 yoshigacha, yaʻni vafot etguniga qadar unga egalik qilgan.
Shuningdek, kimoshdi savdosida Lauder kolleksiyasidan yana 23 ta lot, xsusuan, Vinsent van Gog kartinasi va Genri Matissning bronza haykalchasi sotilgan. Jami 527,5 mln dollarlik savdo amalga oshirilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
109772
Jamiyat
94145
Jamiyat
89949
Jamiyat
73140
Jamiyat
//
Izoh yo‘q