Jamiyat
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, boshlovchi va rejissiyor Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milliy” telekanali xabar berdi.
Mirabbos Mirzaahmedov 1941-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini 1965-yilda boshlagan.
U “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari”, “Inson sadoqati”, “Billur qandillar”, “Eʻtirof” kabi ellikdan ziyod videofilmlarni, “Buni hayot deydilar” turkum koʻrsatuvlarini tasvirga olishda ishtirok etgan.
Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida “Otalar soʻzi – aqlning koʻzi” loyihasida boshlovchi va rejissiyor boʻlib ishlagan.
Mirzaahmedov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlangan.
U 9-yildan buyon “Milliy” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Otalar soʻzi” dasturining boshlovchisi va badiiy maslahatchi sifatida ishlab kelayotgandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q