Jamiyat
Poytaxtdagi atmosfera havosi ifloslanishi boʻyicha avtomatik monitoring stansiyalari 2025-yil 20-noyabr kuni soat 09:00 holatida quyidagi koʻrsatkichlarni qayd etdi:
PM10-mayda dispers zarrachalar miqdori – 299 mkg/m³, bu ruxsat etilgan meʻyor (300 mkg/m³)dan oshmagan;
PM2,5-mayda dispers zarrachalar miqdori – 202 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan meʻyor (60 mkg/m³)dan 3,4 baravar yuqori.
Taʻkidlanishicha, koʻrsatkichlarning keskin oshishiga havo haroratidagi oʻzgarishlar ham taʻsir koʻrsatgan. Haroratning keskin oʻzgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning pastki qatlamda toʻplanishi va atmosfera havosida ularning konsentratsiyasi oshishiga olib keladi.
Masʻul idoralar mamlakat aholisi va Toshkent mehmonlaridan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻramoqda. Jumladan:
– ochiq havoda boʻlishni, ayniqsa uzoq vaqt yurish va jismoniy faollikni cheklash;
– tashqariga chiqqanda, ayniqsa bolalar, keksalar va yurak-qon tomir hamda nafas yoʻllari kasalliklariga chalingan fuqarolarga niqob taqib yurish;
– imkoniyat boricha yopiq binolarda boʻlish va eshik-romlarni mahkam yopish.
Havo sifati koʻrsatkichlari yuzasidan qoʻshimcha maʻlumot va rasmiy tavsiyalar mutasaddi idoralar tomonidan eʻlon qilib boriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q